Rossiyada so‘yilgan mol go‘shtini esa bo‘ladimi?
Biz Rossiyada ishlaymiz. U erda ruslar “bismillah”ni aytib so‘yadimi yoki aytmaymi buni bilmaymiz. Shu mol va qo‘y go‘shtini olib esa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu gapni juda ko‘p takrorlangan. Oldin izlash kerak edi. Siz esa o‘zingiz uchun kerak narsaga o‘zingizni emas meni ovra qilishni o‘zingizga ep ko‘ribsiz. Mening vaqtimni behuda ketishiga sabab bo‘libsiz. Bu yaxshi emas. Men o‘zim ko‘p marta yozgan narsani yana yozishim kerak bo‘ladi. Vaqtim bekor ketadi. Bunga sizning beparvoligingiz sabab bo‘ladi. Kitobiylarning so‘ygan go‘shti halolligi Qur’oni Karimda kelgan. Agar o‘z dini ta’lmoti asosida so‘ygan bo‘lsa, halol bo‘ladi. Bugungi kunda faqat yahudiylarning so‘ygan go‘shti haloldir. Yahudiylar diniy ta’limotlari asosida so‘ygan hayvon go‘shti halol bo‘ladi. Ammo ular so‘ygan go‘shtni borini aytmasdan, halol deb sotib bo‘lmaydi. Yahudiy so‘ygan deb aytish kerak.
26 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar