Uch taloqni tiklash

Assalomu alaykum! Bir tanishimni eri es xushi joyida va xushyor paytida uch taloq qo‘ygan. Shundan keyin ayol erini uyidan ketgan va 1 yildan beri aloxida yashaydi. Endi eri kelib "men Xast-Imom masjidini vorisi bilan gaplashdim, u "Baqara surasi bilan o‘qib nikoxilarni qayta tiklasa bo‘ladi dedi" deb aytibdi. Bu gapga tanishim ishonmaganligi sababli sizlardan so‘rab berishimni iltimos qildi. Ularni nikoxini tiklashni ayol boshqasiga erga tegib chiqishidan boshqa yo‘li bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohini tiklashni yo‘li yo‘q. Baqara surasi tugul butun Qur’onni xatm qilib chiqsa ham yo‘l yo‘q. U inson diniy idorani nomini bulg‘amoqchi bo‘lgan kishi bo‘lsa kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:11 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar