Ayol sharti bajarilmasa birga yashamoqchi emas
Ayolim bilan 2 yil oldin turmush qurganmiz, o‘rtada 1 yoshli bolamiz bor. Oilalalarimiz boshqa-boshqa shahardan. Yangi turmush qurganimizda ayolim men bilan yashash maqsadida bizning uyimiz bo‘lgan shaharga ko‘chib keldi. Bir oz vaqt o‘tmay, chet elga yashashga ko‘chib ketdik (chet elda yashash niyatim borligini ayolim turmushga chiqishdan oldin bilar edi). Chet eldan qaytib kelganimizda, ayolim o‘z ota-onasi uyida qolib, mana 6 oydirki o‘zi hoxlaganicha yashab yuribdi. "Men bilan yashamoqchi bo‘lsang, bizni shaharga ko‘chib kelib uy sotib olasan, aks holda men sen bilan yashamoqchi emasman" demoqda. Shu bahonada bolam bilan uchrashuvga ham qarshilik qilmoqda. Menga bunday talab qo‘yishi haqlimi? "Kelajakda ko‘chib kelamiz, hozircha bizning shaharda yashab turaylik" degan taklifimga ham ko‘nmayapti. Agar talabiga rozi bo‘lsam, kelajakda ham bo‘lar-bo‘lmas talablarni qo‘yib oilamiz buzilishiga sabab bo‘ladi, deb havotirdaman. Iltimos, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ayol nohaq.
26 May 2022, 17:41 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ayol nohaq.
26 May 2022, 17:41 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar