Fitna chiqib qolmaslik uchun

Assalomu alaykum! Men imkon boricha tahajjud namoziga turushlikka harakat qilaman. Shuning uchun Xufton namozidan so‘ng vitrni uyda o‘qimoqchi bo‘lib masjiddan chiqib ketayotganimda menga nisbatan yomon gumon bo‘lib qolmasligi yoki fitna chiqmasligi uchun hamma jamoat bo‘lib vitrni o‘qishga turganida men biror qazo yoki nafl namoz o‘qisam joizmi? (Masalan shomni qazisini). Chunki hozir vitrni o‘qish joiz emas degan fitnachi firqalar ham chiqmoqda. Insonlar meni ham o‘shalardan deb o‘ylashmasin deb shu savolni berayapman. Menga maslahat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nafl o‘qiy olmaysiz, chunki uch rak’atli nafl yo‘q. Gumon qiladigan bo‘lsa, shomni qazosini o‘qiyotganingizda ham qilaverishadi. Siz avvalgi vitrdarning qazosini o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 06:37 | Savol-javoblar | 168 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar