Ota- onaning roziligisiz ilm olish mumkinmi?
Mening yoshim 19 da, oilada eng katta farzandman, 2 nafar o‘g‘il bola ukam bor.Otamning yoshi 42 da, onamning yoshi 40 da. Otam safar qilib, qiynalib qurilish ish qiladi. Onam savdogarlar, ularga “savdoga chiqmang, gunoh bo‘ladi” desam, “mayli chiqaveraman” dedilar. Men shu vaqtgacha savdoga aralashib, 2 yildan beri ham ilmga aralashib yuribman. Hozir faqat ilm olgim kelyabdi va ota-onamni norizo qilib ilm olyabman. Qarindoshlarimning ko‘plari bunga qarshi, ota-onamga, mazkur ishga rozi bo‘lishlari uchun so‘zi o‘tadigan kishilarning o‘zlari qarshi. Otam “ishla, qachongacha bunday ishlayman, sen ham ro‘zg‘orga sherik bo‘l” deb so‘kmoqdalar. Onam ham shu uslubda so‘kadilar. Ular “2-3 yildan so‘ng seni uylaymiz, qiynalib ketyabman” deydilar. Men ota-onamni shunday norozi qilib ilm olishligim to‘g‘rimi, ularning ruxsatisiz ilm uchun safar qilib ketishim mumkinmi? Deyarli farzi ayn ilmlarni bilaman, Qur’ondan ikki juz yodlaganman. Iltimos, menga maslahat bering, nima qilay?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Istixora qiling.
26 May 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Istixora qiling.
26 May 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar