Masjidda imomlikka o‘tdim
Hazrat kecha yakshanba kuni masjidga xufton o‘qishga chiqib, tahyatul masjid nomozini o‘qib bo‘lib duo qilayotgan vaqtimda masjid xovlisidan shu masjidning qorovuli so‘kinib nimalarnidir tushuntirayotgani eshitildi. Bir ozdan so‘ng nomozxonlardan biri azonni aytdi va 6-7 ta odam yig‘ildik lekin imom ma’lum bir sababga ko‘ra kelmaganligi sabab qorovul imomlikka o‘tdi. Shunda men birodarlar nomozda tajvidi bor inson o‘qisin desam xech kim indamadi. Ya’na uzr bu kishi hozir so‘kingan edilar shunga imomlikka to‘g‘ri kelarmikan dedim. Qorvul bo‘lmasam o‘qi deb aytdi. Men imomlikka o‘tdim ko‘pchilikni yuki judda qattiq bosar ekan qaltirab amallab o‘qib bo‘lgandan so‘ng, barcha xuftonni sunnatini keyin vitrni o‘qib tugatdi. Men faqat xufton farziga imomlik qildim deb uylab tasbih tahlillarni o‘z ichimda o‘qib duo qilib chiqib ketayotganimda. Qorovul oxirigacha o‘qimaysizmi deb aytdi Men o‘qib bo‘ldim deb tashqariga chiqib ketdim. Bilmas qolgan jamoat ham tasbih tahlil aytmasi meni kutib turgan ekan. Masjidda chiqishdan boshlab hozirgacha vijonim qiynalmoqda. Huddiki ruyokor insonga o‘xshab imomlikni talab qilib olib uzimni ko‘rsatgandek. Qilgan xatoimni tushinib etdim. Lekin Men ham nima qilay xech nomozni oddiy xalq kabi endi o‘rganib borayotgan omi bo‘lsam. Shunga yuragim siqlib ketdi. Endi shu masjidga bormaslikka va mahallamizdan 8 astanovka yiroqda joylashgan masjidga bormoqchiman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hechqisi yo‘q. O‘sha masjidga boring. Uzr ayting. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Bundan keyin shoshilmay, o‘ylab ish qiladigan bo‘lasiz.
26 May 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hechqisi yo‘q. O‘sha masjidga boring. Uzr ayting. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Bundan keyin shoshilmay, o‘ylab ish qiladigan bo‘lasiz.
26 May 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar