Namoz xarom qilingan vaqtlardagi namoz
Assalomu alaykum! Avvalamdor "Zikr ahlidan so‘rang" jamoasiga yurtimizning musulmonlarini bilimini oshirish yo‘lida qilayotgan say-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Allohning o‘zi ajru-mukofotlarini sizlardan ayamasin. Savol: 6090-savolda Asr namozining o‘qilish vaqti xaqida so‘ralgan edi. Shu savolga javoban quyosh botayotganda ham o‘qilsa bo‘ladi deyilgan. Hammamizga ma’lumki quyosh chiqayotganda, tik holatida va botayotganda namoz o‘qish xarom qilingan. Shu sababli, chalkashib qoldim. Iltimos, shu ikki hil ma’lumotga aniqlik kiritib bersangiz. Qimmatli vaqtingizni ajratganingiz uchun oldindan tashakkur aytaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha kunning asr namozi bundan mustasno. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 182 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha kunning asr namozi bundan mustasno. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 182 | Namoz