Ism qo‘yish va farzand tarbiyasi haqida

InshaAlloh, yaqinda farzandlik bo‘lamiz. Agar o‘g‘il bo‘lsa ismini “Jaloliddin”, qiz bo‘lsa “Iymana”, “Yasina” yoki “Muslima” deb qo‘ysam bo‘ladimi? Farzand tug‘ilguncha, tug‘ilgandan so‘ng nimalar qilish kerak, qanday tarbiya berish kerak, balog‘atga etguncha qanday muomalada bo‘lish kerak, umuman farzand haqida batafsil yozilgan qaysi kitobingizni olib o‘qisak bo‘ladi? Iltimos biror bir yo‘llanma ko‘rsating.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buni kitob qilib chiqarganimga bir necha yillar bo‘ldi. Ushbu saytda ham bor. Har bir kishiga hamma narsani alohida aytib, yozib berishga qodir emasman. Meni qiynamanglar. Har kuni qo‘limdan kelganicha savollaringizga javob bermoqdaman. Ammo mening ishim faqat saytga kelgan savolarga javob berishdan iborat emas, boshqa ishlarim ham bor.

26 May 2022, 17:47 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar