Yashirincha o‘qilgan nikoh haqida

Hali uylanmaganman, bir tanishimga yashirincha nikoh taklif qilmoqchiman. Tanishim eridan qisqa muddat yashab ajragan(ichkilik, maishat, hiyonat sabab). Yoshi ham mendan 3 yosh katta. Mening ota-onam bunga rozi bo‘lmasliklarini bilaman, lekin bir kun baribir aytishim kerak bo‘ladi. Tanishim ba’zan “farzandim bo‘lishini judayam xohlardim” deb yig‘lab o‘tirishlarini bilaman. Turmushsiz ayollardagi gormonal buzilishlar, stresslar, davomiy bosh og‘riq sababli ishdan vaqtli ketishlar, jinsiy hayot bo‘lmagani sababli ayollarda bu onkologik kasalliklarga olib borishi mumkin ekan. Shu bilan birga ota-onam taklif qiladigan qizga ham uylanaman. Oradan vaqt o‘tib, ota-onamga, ayolimga bu haqida tushuntiraman. Ushbu niyatlar bilan uylansam bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday qilishga maslahat berilmaydi. U ayolga boshqa haqiqiy erga nikohlanishida yordam bering.

26 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar