Har xil savol

Assalomu alaykum! O‘zbek ahli sizlarga xayron qolaman. Gapim og‘ir kelgan bo‘lsa xafa bo‘lmanglar. Nega har xil bo‘lar bo‘lmas savollar beraverasizlar? Men savollarni o‘qib xayron qolayapman. Nega ayollarni xalati, telegrammdagi ikki sevishganlar rasmi haqida so‘raysizlar? Shu ham savolmi? Kirni yuvib teskari ilsa nima bo‘ladi? Shu savolni o‘z aqllarizga beringlar!!! Yana shunaqa savollar to‘lib yotibdi. Ey musulmonlar, savol beringlar, lekin birinchi savolni o‘zizga berib ko‘ring, javob ololmasangiz keyin “Izlash xizmati”dan foydalaning. Agar shunda ham topa olmasangiz “Zikr ahliga” bering. Hadislar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlari, sunnat amallar va oyatlardan savol beringlar!!! Bu sayitdan faqat ilm haqida so‘ranglar. Har xil savol beravermanglar. Iltimos ustozlar sizlardan buni ommaga etkazib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!.

26 May 2022, 12:01 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar