Ikki toifa inson, 1 mavzuda turfa yondashuv
Hurmatli Ustoz Shayx Hazrat Janoblari,Avvalambor, Allohga behisob hamdu-sanolar aytaman, sizdek zotni bizga nasib etganiga va kaminangizga sizga murojaat qilishimga imkoniyat berayotganiga, ajab emaski, tez fursatlar ichinda 2 dunyoyimiz uchun xayrli buladurg‘on javoblarni olsak, inshaalloh!Shariatda sharm yo‘q, deyishadi, shunga aybga buyurmaysiz, o‘quvchilardan xam quyida yozilajak ahvollarimizni o‘qib, o‘zlarini kulgidan tiyishilarini so‘rayman, masalalarga jiddiy munosabatda yondashishingizni iltimos qilaman!1. Yoshim 21 da, hozirda horij davlatida tahsil olaman, alhamdulillah Yaratgan amrlarini, Payg‘ambar sunnatlariga qo‘limizdan kelgunga qadar amalda bajarib borishlikka harakat qilamiz! Kamina g‘ayritabiy fe’l-atvorga egaman, masalan ko‘cha-kuyda, universitetda, yoyinki qaerda bo‘lmasin, oy yuzli, ohu ko‘zli, o‘rangan bir muslimani ko‘rsam, subhanaalloh, buncha go‘zallikni bermasang, deymanu tamom shartda ko‘z o‘ngimdan, hayolimdan ketmay qoladi, qani endi uylansam, Alloh farzandlar bersa, deb hayol surib qolaman, bu to ul parivash bir muncha muddat qayta kurinmaguniga qadar, yo bo‘lmasam shunga o‘xshash xolatlar bo‘lmagunga qadar davom etib, kuchayib boradi va bu qilayotgan ishim, o‘qishimga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi, albatta... Vaqt o‘tadi, fasllar almashinuvi yuzaga keladi, ul go‘zal ko‘z o‘ngimdan yo‘qoladi, Alloh, Alloh, yana boshqasi paydo bo‘ladi...Ustoz, shu xolatdan qanday qutulsam bo‘ladi, lutfan maslahat bersangiz...2. Endi batamom ikkinchi xolat haqida bayon etsam, ijozatingiz bilan... Do‘stim, alhamdulillah, u xam namozhon, Allohdin qo‘rqadigan bandalardan, nuqul o‘zi ustidan arz qilib yuradi, emishki, qizlarga umuman qiziqishi yo‘qmish, ehtiyoj sezmasmish, xonadonidigilar uylantiramiz (vah-vah, qani endi kaminaga shunday taklif bo‘lsa, bormi :) deyishsada, bu kishim rad etarmish, hoy esini egan, shu ham mo‘’minni ishi bo‘ldimi, ishlasang, imkoniyating bo‘lsa, bo‘yin tovlab ne qilasan, shartda Allohni berajak ajru-savobi umidida uylanib olsang bo‘lmasmu, desam, "nima keyin ustimdan kulib yursinmi, kerakmas" deb javob qaytardi... Xotirimdan birrov o‘tkazib ham oldim, hatto bir bora bo‘lsada ko‘z tashlab qo‘yganini ham eslolmadim, Allohni mo‘jizasi o‘tib qolg‘anda... Maningcha, ul juda uyatchan, shu boisdin, xavotiri nihoyat kuchli, boshqa muammosi yo‘q, shu do‘stimga qanday ko‘rsatma, yohud maslahat berasiz..?So‘zim ohirida, ehtimol u qadar e’tiborga molik bo‘lmagan, kezi kelganda bo‘lmag‘ur mavzu bilan qimmatli vaqtingizni olgan bo‘lsam, kaminangizni ma’zur tutsangiz...Alloh sizdan rozi bo‘lsin, duolaringizda biz muhlislaringizni ham eslab o‘tsangiz, tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Do‘stingizdan o‘rnak oling.
27 May 2022, 05:55 | Savol-javoblar | 156 | Ruhiy tarbiya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Do‘stingizdan o‘rnak oling.
27 May 2022, 05:55 | Savol-javoblar | 156 | Ruhiy tarbiya