Musulmonlarning birikmasligi
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx hazratlari! Insoniyatga so‘nggi payg‘ambar qilib yuborilgan payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘qish-yozishni bilmasalar-da, dinsiz-kofir xalqlarni islom bayrog‘i ostida birlashtirdi. Ulardan keyingi halifalar davrida esa, zardushtiylik va buddaviylikdagi (O‘rta Osiyodagi) ajdodlarimiz islomga yuzlandilar. Bu qilich bilan emas, balki ma’rifat yo‘li bilan amalga oshirildi. Savol: Bugungi XXI asrda Islom olamining o‘nlab olimlari bo‘lsa-da, nega ular ummatni birlashtira olmayaptilar? Yaqin Sharqda musulmon musulmonni qonini to‘kyaptiku? Bizni olimlarimiz qaerga qarashyapti? Axir ular payg‘ambarimiz merosxo‘ri emaslarmi? Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam odamlarni birlashtirgan edilar, bo‘lib yuborgan emaslar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qon to‘kayotganlar olimlardan so‘rashayotgani yo‘q. Ular olimlarni kofirga chiqarib, o‘zlaricha ish ko‘rishmoqda. Shunday bo‘lsa ham olimlar qo‘llaridan kelganini qilishmoqda. Bu ishlardan siz bexabar bo‘lsangiz, olimlar hech narsa qilmay yurgan bo‘lib qolmaydi.
26 May 2022, 17:57 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar