Birov tarafdan iltimos qilingan ishni o‘zlashtirsa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men hozirda Xitoyda ham tahsil olayabman, ham ishlayabman. Bir tanishim mendan bir narsani so‘rab ber dedilar. Men bu narsaga qiziqdim, ma’lumotlar yig‘ib olishga harakat qilib ma’lumot yig‘dim. Endi “shu ishni o‘zing ham qilsang bo‘ladiku!” degan bir fikr kelib turibdi! Agar shu ishni qilsam, menga bu ishdan topilgan pul halol bo‘ladimi yoki qilmaganim ma’qulmi? Men bu ishni qilgan taqdirimda ham tanishim bilmaydi. Lekin shariyatda bu narsaga qanday qaraladi, shunisi muhim! Oldindan sizga katta rahmat! Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin! Bu Zikr ahlidan so‘rang saytidan juda ham katta foyda ko‘rmoqdamiz, hammalaringizga rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Birov boshqalarga aytma, mendan boshqa odam qilishini istamayman demagan bo‘lsa, qilsa bo‘ladi.
26 May 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar