Meros bo‘lishda xato qimadimmi?

Assalomu alaykum!  Aziz ustozlar, iltimos menga erdam berila, shu narsa vijdonimni tinch qo‘ymayapti. Biz ikki kiz bir o‘g‘ilmiz, oilada mendan keyin bir ukam va bir singlim bor. Ota onamdan qogan uyni sotib, ukamga 8500$ga uy oberdim. Qogan 6000$ni 3mingdan singlim bilan bo‘lishib  oldik. Shu to‘g‘rimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota-onangizdan avval qaysi birlari vafot qildi? Bu savoldan maqsad agar otangiz avval vafot topgan bo‘lsa, uning hukmi boshqa bo‘ladi, onangiz avval vafot topgan bo‘lsa uning hukmi boshqacha bo‘ladi. Bundan ko‘z yumib aytadigan bo‘lsak, bor mol-mulk 14.500 bo‘lsa uni 4ga bo‘linadi. Har bir qizga 3625dan o‘g‘ilgan 7250 tegishi kerak. Agar sizlar o‘zingiz bo‘lishib olgan holatga rozi bo‘lsangizlar, joiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:29 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar