Ayolim bilan kelisha olmayabman
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Yoshim 32 da, viloyatdanman, oilada to‘ng‘ichiman. Toshkentda yashardik. 2 yil oldin ishim boshqa viloyatga o‘zgarganligi uchun oilamni ham olib ketdim. Qizimning sog‘lig‘i yomonlashgani uchun, yarim yildan keyin ularni ota-onamning oldiga qaytardim. Men bilan bo‘lganidek uydagilarim bilan ham janjallar bo‘lgan. 1 yil oldin menga ham boshqalarga ham bildirmasdan opasi bilan maslahatlashib Toshkentga kvartiraga ijaraga chiqib ketgan. Bu yil viloyat markazidan uy ham qurdik. Lekin bu uyga ham kelmoqchi emas. O‘rtamizda ko‘p janjallar bo‘lib turadi, moddiy jihatdan ta’minlayman. Uning otasi, akasi bilan ham gaplashib ko‘rdim, meni va yaqinlarimni yomonlayverib ikki oilaning munosabatlari buzilib, ular meni va uyimdagilarni yomon deb biladi. Onasi nasihat qildi, otasi himoya qilgani uchun quloq solmayapti. Toshkentdagi ijaradagi uyni o‘zim topganman, ijara puli arzonroq. Agar ayolim menga bo‘ysunishni xohlamasa, ijaradagi uy egasi bilan kelishib, uni chiqartirib yuborsam, gunohga qolmaymanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
InshaAlloh gunohga qolmaysiz.
26 May 2022, 18:04 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
InshaAlloh gunohga qolmaysiz.
26 May 2022, 18:04 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar