Ijara haqqi
Assalomu alaykum Hurmatli Ustoz, Ustoz bir masala meni qiynayapti, savolim biroz uzunroq avvaldan uzr so‘rayman.Talabalik davrida rus millatiga mansub kishi kvartirasida ijarada turgan paytimizda, bir birodarimiz uy haqqini bu oy uchun to‘lagan deb yolg‘ondan aytib qo‘yishimni so‘ragan edi, chunki honadon sohibi biz bergan pulni barchasini alkagol ichib tugatardi va bu bizga ham yoqmas edi, va birodarimizda o‘sha paytlarda pul muammosi bor edi (keyinroq to‘lashligini menga tuhuntirgandi). Men uning so‘raganicha qilib yolg‘on aytgandim va keyin o‘sha pul haqdorga to‘langanligini surishtirmagandim. Shu kunlarda o‘sha oy uchun men tufayli ijara haqqini birodarimiz bermagan bo‘lishligiga menda shubha paydo bo‘ldi va o‘zimni aybdor his qilyapman. U birodarimizni ham, honadon egasini ham topish menga qiyin bo‘lmoqda,,, Maslahatingizga muhtojman UstozIltimos Ustoz nima qilsam shu puldan (honadon egasi haqqidan) qutulishim mumkin? Yordam bering.Alloh subhonahu va taolo ikki dunyoingizni obod qilsin, O‘zining eng ulug‘ ne‘matlari bilan sizni siylasin. Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu va mag‘firatuhu
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday holatlarda haq egasi yoki uning vorisini topib bo‘lmasa, o‘ta kambag‘al odamlarga beriladi.
6 May 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday holatlarda haq egasi yoki uning vorisini topib bo‘lmasa, o‘ta kambag‘al odamlarga beriladi.
6 May 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar