Rostmi yoki safsata?

Assalomu alaykum! Aytishicha «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh vafotlaridan so‘ng ayollarini tushlariga kirganmushlar va: «Savol javobdan eson-omon o‘tib oldim, biroq tushgan suratlarimga javob berolmadim» deganmishlar. Astag‘firullah! Men ishonmadim. Chunki bunga o‘xshash voqeaviy hikoyalarni ko‘p eshitgandim, bittasida ham dalil yo‘q. Undaymish, bundaymish.. Mish-mish. Do‘stimga dalil va isbot haqida so‘rab, kimdan eshitganini so‘rasam (buni hamma ham bilmaydi, ishonarli odamlar aytdi, tor doira ya’ni «uzkiy krug»dagilarni gapi, chunki keyin tushilgan suratlarga jon ato et deyiladi) deb turgandi. Qo‘ysangchi, U rassomlar, haykaltaroshlarga shunday, Yo‘q to‘xta deganday bo‘lib gapirmoqchi edim, gapimni xatlab «Nima deb tushunsang tushun! Meni vazifam etkazish» deb, o‘jarona holda gapimni eshitmadi ham. Eng yaqin do‘stim bo‘lgani sabab uni adashayotganini (Sizlarni javobingiz) bilan isbotlamoqchiman. Zikr ahlini javoblarini ikkimiz ham to‘g‘ri deb bilamiz. Iltimos javob bersangizlar, shu bor gapmi yoki safsata?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday tush ko‘rilmagan, uni Allohdan qo‘rqmaydigan kazzob odamlar to‘qib chiqarishgan va buning uchun ular Allohning huzurida albatta javob berishadi. O‘sha "uzkiy krugdagilarni gapi" deb bunday asossiz va bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatayotganlar ham, buni to‘qib chiqargan kazzoblar bilan gunohda barobardir. Foto va videodan shariatimiz ko‘rsatmasi asosida foydalanish joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/114946

30 Aprel 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar