Qaytimni adashib ko‘p berdi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Oilam bilan Rossiyadaman. Boshqa shaharga borish uchun kassaga bilet olgani bordik. 3 yoshli bolamga ham 340 rubldan 2 ta oldik. Uyga kelib xo‘jayinimga “2 ta oldik” desam pul uchun “bola yo‘lda qusadi, qiynalasan, bolani biletini qaytar, o‘zing kel” dedi. Olib borsam, “olmaymiz” dedi. Olishi kerak, chunki yo‘lda biletsiz 340 rubl berib chiqadiganlar bor. Qaytishda o‘zim ham biletsiz chiqdim. Shu kassaga qarashli marshurutga 500 rubl berdim. Qaytimni olib o‘tirib qarasam 560 rubl beribdi. Men 1000 rubl berdim, deb ham o‘yladim. “Adashmadingizmi?” deb so‘rolmadim, chunki rus tilida gapirolmayman. Bolamning bilet pulini Alloh o‘zi qaytarib berdimikin? Shunday bo‘lganda ham 220 rubl oshiq. Endi men 560 rublni ehson qilib yuboraymi yoki 220 rublinimi? Maslahat bering! Iltimos, kengroq tushuntirib bering!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
560 rublni ehson qilib yuboring.

26 May 2022, 18:04 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar