Yolg‘on gapirishmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazrat! Men Xorazmdanman. Bir do‘stim Toshkentdan Xorazmga kelib, meni kelganimni hech kimga aytma deb, kelganini omonat qilsa va mendan shu do‘stimni kelgan yoki kelmaganini boshqa odam so‘rab qolsa, qanday javob beraman? Aytsam, omonatga xiyonat qilgan, aytmasam, yolg‘on gapirgan bo‘lib qolamanmi? So‘ragan odamga qanday javob berish kerak? Bunday holat tez-tez uchrab turadi. Javobingiz uchun rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ikki tarafni ko‘taradigan gap ayting.

26 May 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar