Vafot etgan insonning haqqiga Qur’on tilovat qilish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men har kuni onamning haqqiga Qur’onda bilgan suralarimni barini tilovat qilib, savobini Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vassalamning ruhi poklariga va u zotning jamiki o‘tgan ummatlarini ruhi poklariga, xususun onamning ruhi poklariga bag‘ishlayman" deb duo qilaman. Sizning hadis va hayot kitobingizning 5-juzida nafl namozlari o‘qish man’ qilingan vaqtlar haqida o‘qiganman. Men bu vaqtlarda onamning haqqiga Qur’on o‘qisam bo‘laveradimi? Chunki bir otincha aya bunday vaqtlarda "Qur’on o‘qish, Allohni zikr qilish ham yaxshi emas" dedilar. Ustoz shu to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mazkur vaqtlarda faqat namoz o‘qish mumkin emas.

26 May 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 254 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar