Diniy libos haqida

Men hisobchi bo‘lib ishlayman. Bank, soliq va shu kabi idoralarga kirishga to‘g‘ri keladi. Eshik oldidagi posbonlar ro‘molda kirish mumkin emas, shunday buyruq bo‘lgan deb bankga kiritmaslik hollari ko‘p bo‘lmoqda. Zamonaviy kiyimda, lekin avratimni berkitgan holatda yuraman. Qanday yo‘l tutishni maslahat berasiz? Bunday buyruqga qonuniy asos bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qonuniy asos yo‘q. Bizda diniy kiyim degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Har bir balog‘atga etgan ayol va erkak shariatda avrat hisoblangan erini nomahramlardan to‘sib yurishi kerak.

26 May 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar