Shiya va sunnitlar
Assalomu alaykum! Xurmatdi xayyat a’zolari. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Muammoli vaziyatlarda bizga yo‘l ko‘rsatib yurasizlar. Izlash xizmatidan ancha qidirdimu topolmadim. Bir ishxonada ishlaydigan xodimamiz (shiy’a) namoz o‘rgatishimni iltimos qilayapdilar. Alxamdulillax iloji boricha savollarga javob beraman(Albatta sizlarning saytlarizga asoslangan xolda) izlashdan topib ularga o‘qiyman albatta(Rozi bo‘linglar). Alxamdulillax Alloh sharmanda bo‘lishdan saqlaydi. Savolim shundan iborat. 1. U xodimamiz xo‘jayinlari(munosabatlari uncha yaxshi emas), onalaridan tortinayapdi, qo‘rqayapdi deb xam aytsa bo‘ladi lekin qarorida qat’iy turibdilar. O‘zlaridan so‘radim aniq sunniylardek o‘rgatolaman, shunga tayyormisiz desam, xa o‘rgansam bo‘ldi, shiy’alardan normalnыy imom topolmayapman, xammasi xar xil o‘rgatayapdi, qiynalib ketdim deb javob berdilar. Men u kizimizga inshaAllax to‘g‘ri(Sunnitlardek) namozni o‘rgatsam bo‘ladimi? Men yoki u qizimiz gunoxkor bo‘lib qolmaymizmi? 2. Ishxonamizda kimni tug‘ilgan kuni bo‘lsa umumiy oshxonada xaq berishadi(meva, pishiriq va salatlar). Bo‘limlarimiz ko‘p. Shu bo‘limga tegishli bo‘lgan yonida ishlab turganlar pul yig‘ib berishadi u xam ixtiyoriy. Lekin xaq xammaga bo‘ladi. Pul topshirmasdan shulardan esak bo‘ladimi? Va o‘zimni tug‘ilgan kunim kelganida xaq bermasam bo‘ladimi? 3. Tirnoqlarimga xna qo‘yib yurardim, yaqinda ustozamiz Bintu Sodiqdan(Alloh rozi bulsin) xna qo‘yish ziynatlanishga kiradi degandilar. Ishda aloxida o‘tiraman, lekin baribir erkaklarni ko‘zi qo‘limga tushadi(oshxona va x.k.) Xna qo‘yishim noto‘g‘rimi? 4. Namozxonamiz juda kichkina. Zuxr vaqti kirgani bilan kirib namozlarimizni o‘qiymiz, erkaklarga xalaqit bermaslik uchun. Yonimda namoz o‘qiydigan bir qizimiz qo‘llarizdagi uzuklar e’tiborni tortadi dedilar. Odam namoz o‘qiydigan vaqtda xech narsaga qaramasdan faqat joynamoziga qarab o‘qishi kerak dedimu, o‘zim shubxalandim. Javobim to‘g‘rimi? 5. Ishxonada ish boshlanish vaqtidan oldinroq kelsam yoki obed vaqti bo‘lganida, novbatda xech kim turmasa qazolarimni o‘qisam bo‘ladimi? Savollarim ko‘pligiga ming bor uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Albatta o‘rgatishingiz mumkin. Buning uchun bizdagi muslimaat.uz saytidagi mutaxassis opa-singillarizdan maslahatlashishingiz mumkin. Ularda tayyor materiallar bor. 2). Agar haq birovniki bo‘lsa haqqini ado qilish kerak bo‘ladi. Hamma so‘ramasdan eyishlariga rozi bo‘lib o‘zi umumiy xodimlarga deb qo‘ygan bo‘lsa so‘ramasdan eyishingiz mumkin.3). Ziynat bo‘lmaydigan darajada, ayol kishini qo‘li ekanligi bilinib turadigan bo‘lsa joiz. Ammo naqshlar chizilib nomahramlarni o‘ziga jalb qiladigan darajada bo‘lsa ziynatlanish hisoblanadi.4). To‘g‘ri aytgansiz. Ayol kishiga qo‘liga ayollinigini bildirib turadigan darajadagi taqinchoqlar taqish joiz. Xususan ayollar orasida bo‘lsa, buning zarari yo‘q. Namozda ham taqsa bo‘ladi. Namozxon sajdaga qarab, namoz o‘qishi va boshqa narsalarga chalg‘imasligi kerak. 5). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar