Kasbim

Assalomu alaykum! Men san’at kollejini g‘ijjak mutaxassisligi bo‘yicha bitirganman va shu soham bo‘yicha to‘ylarga, xizmatlarga chiqar edim. Mana 1 yilcha bo‘lib qoldi alhamdulillah namoz o‘qishni boshladim va to‘ylarga chiqmay qo‘ydim. Deyarli barcha to‘ylarda aroq tortiladi va nomahramlar ham bo‘ladi, to‘yga borganimda namozlarim qazo bo‘lib boshlagandi. Shuning uchun to‘ylarga bormay qo‘ydim. Lekin ota-onam nimaga bormaysan? Alloh bergan kasbingni va rizqingni qirqayabsan deyishyabdi. Men o‘ylanib qoldim. “Alloh bergan kasbni qilmay gunohkor bo‘lib qolmadimmikan!” deb. Hozirda bolalar musiqa maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Aytingchi men to‘g‘ri qilayabmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rizq barchasi Allohdandir va bu haq. O‘sha rizq ikkiga bo‘linadi. Halol va harom rizq. Kim qaysi tomondan talab qilsa o‘sha ikki rizqi unga etib boraveradi. Halol kasb qilganlar halol rizqqa, harom kasb qilganlar harom rizqqa etishaveradi. Chunki bir umr fohishalik qilib yoki vino zavodidan vino sotib rizqini topganlar ham ko‘p. Bu degani Alloh bermayapti degani emas, Alloh bermoqda, lekin norozi bo‘lib berayotgan bo‘ladi. Siz haloldan kasb qiling. To‘g‘ri qilgansiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar