Uzrli qazo ro‘za kafforati

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Enam sizdan so‘rab berishimni iltimos qildi. Enamning yoshlari 80 ga yaqinlashib qolgan. Qarichilik sabab ro‘za tutsalar boshlari aylanib va yana boshqa sabablar bilan 3 yildan beri ro‘za tutolmayotgan ekanlar. Endi buni kafforatini qanday qilib to‘lanadi? 1 kunlik qazo ro‘za uchun 1 miskinni to‘ydiradigan taom (yoki puli) berishmi yoki 60 miskinnimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Fidya va kafforotning miqdori bir vaqt namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5 gr) yoki uning qiymati. Bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi.

26 May 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 139 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar