Vafot etgan kishi ro‘zasining kafforati

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Onam ramazon oyining o‘rtalarida og‘ir kasalga duchor bo‘lib, 2 oydan so‘ng vafot etdilar. Allohim onamni rahmatiga olgan bo‘lsin. Bu yilgi ramazon oyidan 16 kun qazolarini tutolmadilar va yana oldingi qazolarini surishtirsam deyarli qazolari juda oz ekan. Onamning ro‘zasini kafforatini men to‘lasam bo‘ladimi? Agar iloji bo‘lsa qanday qilib to‘layman? Iltimos onamni Allohim jannat ahillaridan qilishini so‘rab, onamning haqqiga duo qilib qo‘ying.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo onangizni rahmat aylasin. U kishining qazo ro‘zalarining kafforotini bersangiz bo‘ladi. Fidya va kafforotning miqdori bir kunlik namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5 gr) yoki uning qiymati. Bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi.

26 May 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 164 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar