Vasvasaga qarshi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolimni takrorlab murojat qilyapman. Meni 1,5 oydan beri kuchli vasvasa qiynamoqda. Allohga qarshi va umuman xar bir yaxshi amalga qarshi isyon etishga chorlamoqda. Vaziyat naqadar jirkanchli tus olganini sizga xavola etganimda balki savolim ota manfurligidanmi sizdan javob ololmadim. Vasvasaga qarshi biron oyat yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘qib dam solgan duolari bo‘lsa aytib yuboring iltimos. Xolim juda tang. Meni ichimda bir tovush tinimsiz vasvasa qilib turibdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Vasvasaning avvalgi davosi vasvasaga javob qaytarmasdan urishdan qochgan odamdek faqat “A’uzu billahi minashshaytonir rojiym”ni takror-takror aytaverishdir. Yolg‘iz qolmay ko‘pchilik ichida yurib chalg‘ish kerak. xayol kelishi bilan yana e’tibor bermay “A’uzu billahi minashshaytonir rojiym”ni aytish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tongda va tunda o‘qigan duolarini o‘qib yuring. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 155 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar