Savdo ustiga savdo qilmaslik hadisi
Assalomu alaykum! Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kishi o‘z birodarining savdosi ustiga savdo qilmasin, o‘z birodari sovchiligi ustiga sovchilik qilmasin. Faqat unga o‘zi izn bersa, mayli», dedilar». Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar. Boshqa bir rivoyatda: «Musulmon o‘z birodarining savdolashishi ustiga savdolashmasin», deyilgan.
Yuqoridagi hadislar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning Ijtimoiy odoblar kitobining Tijorat odoblari bo‘limidan olindi. Men hadisga ham Alloh qodir qilganicha amal qilishga harakat qilaman. Ko‘pchilik o‘qigan hadislarim qatori shu hadis yaxshi esimda qolgan. Yaqin kunlarda shu hadisga amal qilishga harakat qilsam-da noqulayliklarga duch kelmoqdaman. Masalan, bir kuni mushk sotib olishga borib mendan oldingi odamni kutib turdim savdo qilib tugatishini va mendan keyin ham kelib bemalol savdolashib olib ketishdi, indamadim. Keyin sotuvchi: «Sizga nima ekan?» degandan keyin: «ular bo‘lsinlar» dedim va u kishi tugatgandan keyin shu hadisni aytdim.
Yaqinda somsaxonaga kirib somsa olishga turgandim, mendan oldingi uchta insonni kutib turdim, bittasi rus ayol edi. Mendan keyin kelganlar ham bemalol kelib savdolashib ketishdi, turaverdim. Rus ayoli ham hattoki menikini ber oldin deb e’tiroz bildirdi. Keyin men: «Kechirasiz oka, men bu kishilardan oldin keldim» dedim. Vaholangki, sotuvchi bemalol meni ko‘rib turib ham mendan keyin kelganlarga murojaat qila ketdi. Yuqoridagi gapimdan keyin: «Sizga nima ekan?» deydi. Men: «Yo‘q oka, kerakmas» deb chiqib ketayotsam, u kishi: «Unaqada kechgacha turaverasan!» deb yana bir nimalar deya baqirib qoldi. Somsaxonadan chiqib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni esladim, ul zotning sunnatiga qanchalar bee’tibor ekanligimizni o‘ylab kayfiyatim tushdi. To‘g‘risi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tirik bo‘lganlarida ahvolimizni ko‘rib nima der edilar deyman o‘zimga o‘zim. Ko‘p hollarda: «Kechiring bizni yo Rasulalloh!» deya olmay ham qolaman va ko‘zlarimga yosh keladi. Bunday misollarni ko‘plab keltirishim mumkin hayotimdan. Lekin shular kifoya qiladi degan umiddaman. Bu erda ikki yo‘l bor ustozlar: 1. Yoki men bu hadisni umuman noto‘g‘ri tushunganman, chunki na ustozim bor, na madrasa ko‘rganman. Lekin Alloh qodir qilgancha o‘qib, tushunishga urinaman.
2. Yoki odamlarimiz umuman sunnatga amal qilishni bilishmaydi, saviyalari 0 ham emas manfiy tarafda. Savol: Men shunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutay?
Agar sotuvchi menga qarab murojaat qila ketsa lekin oldingi savdolar tugamagan bo‘lsa, men ham savdo qilishim joizmi? Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Siz sunnatga amal qiling. 2). Joiz emas. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 177 | Hadislar