Internet kafe

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Mening xususiy kompyuter o‘yinlari va internet klubim bor. Bu erda yosh bolalar 3-5 kishidan jamoa tuzib, 2 jamoa bir biriga qarshi o‘yin o‘ynashadi. Va oldindan kelishib olishganidek, yutkazgan jamoa har 2 jamoaga, o‘ynagan vaqtiga qarab menga xaq to‘laydi. Ya’ni yutgan jamoa umuman pul to‘lamaydi. Savolim shuki, shu tarzda menga tushgan pullar menga halolmi yoki yo‘qmi? Va yana huddi shu internet klubimda men bilmagan holimda, kimdir internet orqali axloqsiz saytlarga kirsa, menga ham gunohi yoziladimi? Aytib o‘tishim joizki, men u erga 2-3 kunda bir kirib turaman, asosan ishchim ishlaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘yinlari foydali bo‘lsa va shiratga xilof bo‘lmasa, joiz. Axloqsiz saytlarga kirmaslikni shart qilib qo‘yishingiz kerak.

26 May 2022, 18:12 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar