Ayol eridan javobini suragani uchun duzaxi buladimi?

Assalomu alaykum! 1). Ayol eridan ajirashish uchun javobini so‘ragan paytda eri roziman yoki javobin o‘zin bilan yoki javobini berdim desa o‘sha ayol 1-o‘zi javobini so‘ragani uchun do‘zaxi bo‘ladimi? 2). Er-xotinni bir birida ko‘ngli bo‘lmasa ajrashishga sabablari bo‘la turib bir biridan so‘ralgan rozilik, agar roziman deyilsa taloq o‘rniga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Umumiy holatda ayol kishining taloq so‘rashi shariatmizda qoralangan. Lekin uning haqqi hisoblanadi. عَنْ ثَوْبَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَيُّمَا امْرَأَةٍ سَأَلَتْ زَوْجَهَا طَلَاقًا مِنْ غَيْرِ بَأْسٍ فَحَرَامٌ عَلَيْهَا رَائِحَةُ الْجَنَّةِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ وَحَسَّنَهُ التِّرْمِذِيُّ Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qay bir ayol uzrli sababsiz eridan taloq qilishini so‘rasa, unga jannatning hidi ham harom bo‘ladi», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar. Termiziy hasan, degan.
Sharh: Eridan behudaga taloq qilishni so‘ragan ayol jannatga kirish u yoqda tursin, uning hidini ham hidlay olmaydi.
Bu hadisi sharifda ayollarning oilaviy hayotdagi eng zaif joylaridan biri muolaja qilinmoqda. Odatda, ba’zi ayollar sal narsaga eriga «Unday bo‘lsa, meni taloq qilib qo‘ying», deb, erning xayolida ham yo‘q narsani ko‘ndalang qilib qo‘yib, turib oladilar. Buning oqibatida gap ko‘payib, janjal kuchayadi va ish taloq bilan tugaydi. Er xayoliga ham kelmagan narsaga – taloqqa majbur qilinadi. Shuning uchun hadisda bu ish uchun qattiq va shiddatli jazo borligi ma’lum qilinmoqda. Albatta, har bir mo‘mina-muslima ayol bu hadisi sharifning ma’nosini o‘ziga yaxshilab singdirib olmog‘i lozim. Turmushda har xil holatlar bo‘lishi turgan gap. Odam bir xil turavermaydi. Erkaklar xato qilishi, ba’zida zulm qilib yuborishi ham mumkin. Lekin o‘sha holatni oraga taloqni qo‘shmay muolaja qilish ham mumkin-ku! Ayollar iloji boricha erlaridan taloqni talab qilmasliklari kerak. Erkaklar ham o‘zlarini bu so‘zni aytishdan saqlashlari lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan).

Islom shariati taloq ixtiyorini ayolga bermadi. Lekin bundan ayol kishi g‘assol qo‘lidagi o‘lik kabi ixtiyorsiz erining zulmi, sitami ostida majbur holda yashashi kerak, u erining zulmi va sitamidan xalos bo‘lish uchun hech qanday yo‘lga ega emas, deb tushunmaslik lozim. Chunki zolim erning zulmidan qutulish uchun shariat ayollarga mahr evaziga taloqni sotib olish, ya’ni xulu’ imkonini bergan. Agar er xulu’ qilishga rozilik bermasa, ayol shar’iy hokimiyat sudiga yoki shariat qozisiga er-xotin o‘rtasidagi muomalani taqdim qilib, qonuniy taloqni qo‘lga kiritadi va qozi tomonidan nikoh fasx (bekor) qilinadi.
2). Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 323 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar