Geoxranologik jadval
Assalomu alaykum! Meni bir savol qiynaydi. Bunga o‘xshash savolni izlash bo‘limidan topa olmadim. Meni yoshim 24 da. Xozirda neft va gaz quduqlarini burg‘ilash kompaniyasida muhandis-geolog bo‘lib ishlayman. Bizning soxamizda geoxranologiya yo‘nalishi bor, qatlamlarni yoshini aniqlashda olimlar tomonidan olib borilgan tatqiqodlar natijasida era va davrlarni tuzib chiqishgan. Misol uchun xozirda biz yashayotgan davrni Neogen to‘rtlamchi davr deb atashadi. Biz asosan yura davri qoldiqlaridan neft va gaz maxsulotlarini olamiz. Bu o‘zimizning xududlarda o‘rtacha 1500 metr chuqurliklardan boshlanadi. Aynan yura davrini denozavrlar yashab o‘tgan davr deb atab, undagi neft va gazlarni o‘simlik va xayvonot olamining chirish natijasida paydo bo‘lgan organik modda degan naziriya bor. Savolim bu shunchaki nazariya yani aniq fakt bo‘lmasada juda ko‘p qo‘llaniladi. Albatta buni faqat Alloh bilguvchi. Biz shunga gapni aytish bilan gunohga botib qo‘ymayapmizmi degan xavotir tinch qo‘ymayapti. Bu nazirya judda ko‘p qo‘llaniladi va o‘qitiladi bu bilan aqiydamizga putur etmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinozavrlar bo‘lgan-bo‘lmaganligining dinga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!
14 Dekabr 2023, 16:56 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinozavrlar bo‘lgan-bo‘lmaganligining dinga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!
14 Dekabr 2023, 16:56 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda