Boin taloq
Assalomu alaykum! Qanaqa hollarda boin taloq tushadi? Shuni tushintirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taloq ikki qismga bo‘linadi:
Raj’iy taloq va boin taloq.
1. Raj’iy taloq.
Haqiqiy duxul – jinsiy yaqinlikdan keyin, ochiq-oydin lafz bilan qilingan, turli sifatlarni qo‘shmasdan, kinoya lafzi bilan qilingan va hokimning hukmi ila nafaqa bermaslik va iylo sababidan qilingan bir yoki ikki taloq raj’iy taloq bo‘ladi.
Bunday taloqdan keyin er taloq qilingan xotinni o‘z nikohiga iddasi ichida, agar xotin rozi bo‘lmasa ham, qaytarib olish haqqiga ega. Buning uchun er «Xotinimni o‘zimga qaytarib oldim» yoki «Xotinimni nikohimda ushlab qoldim», desa yoxud qo‘lini ushlashi, o‘pishi va hokazolar kifoya qiladi. Yangitdan mahr berish, aqdi nikoh qilishning hojati yo‘q.
Eng muhim shart shuki, qaytish xotinning iddasi chiqmay turib bo‘lishi kerak. Shuningdek, er taloqning boin bo‘lishiga sabab bo‘ladigan «uni qaytib nikohimga olmayman»ga o‘xshash gaplarni gapirmagan bo‘lishi ham kerak. Agar idda chiqquncha, ya’ni uch hayz yoki homilani qo‘yish muddati ichida qaytmasa, taloq boinga aylanib qoladi. Unda yangitdan aqdi nikoh qilish zarur bo‘ladi.
2. Boin taloq.
Bu xildagi taloq ikkiga bo‘linadi:
A) Kichik boin.
B) Katta boin.
Kichik boin taloq aqdi nikohdan keyin jinsiy yaqinlik qilmay turib, kinoya lafzlariga «shiddat», «qattiq», «katta» kabi vasflarni (sifatlarni) qo‘shib qilingan, xotin tomonidan berilgan mol evaziga qilingan, qozi tomonidan iylo va erdagi nafaqa bermaslikdan boshqa ayb, kelishmovchilik kabi sabablarga ko‘ra qilingan bir yoki ikki taloqdir. Shuningdek, raj’iy taloq ham idda chiqqanidan keyin boin taloqqa aylanib qoladi.
Boin taloqdan keyin er-xotin ajrashgan hisoblanadi. Shuning uchun boin taloq qilgan er o‘sha xotin bilan birga turmasligi, begona kabi muomala qilishi kerak bo‘ladi. Bu taloq bir yoki ikki dona bo‘lsa, erning uch taloq haqqi xuddi raj’iy taloq kabi bir yoki ikki adadga qisqaradi. Kichik boin taloqdan keyin er yoki xotin vafot etsa, bir-biridan meros ola bilmaydilar. Chunki oralaridagi nikoh uzilgan bo‘ladi.
Katta boin taloq uch taloqdir. Bu taloqdan keyin nikoh mulki tugaydi, xotin erga muvaqqat harom bo‘ladi. Ularning orasida iddadan boshqa hech narsa qolmaydi.
Xotin yana birinchi eriga halol bo‘lishi uchun iddasi chiqqanidan keyin boshqa erga sahih nikoh ila tegishi, ular to‘laqonli er-xotin bo‘lib yashashlari, ikkinchi er vafot etib yoki taloq qilib, ayolning iddasi chiqishi lozim. Shundan keyingina avvalgi eri bilan xohlasa, yangidan nikohlanishlari mumkin.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه ، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «تَجَاوَزَ اللهُ لِأُمَّتِي مَا حَدَّثَتْ بِهِ أَنْفُسَهَا، مَا لَمْ تَكَلَّمْ بِهِ، أَوْ تَعْمَلْ بِهِ». رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh mening ummatimdan o‘ziga o‘zi, ichida gapirganini, modomiki talaffuz qilib aytmasa yoki amalga oshirmasa, kechib yubordi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Ushbu hadisi sharifga binoan, birov ichida «Xotinimni taloq qildim», desa, taloq tushmaydi. Ammo ovoz chiqarib aytsa, taloq bo‘ladi. Bir kishi o‘z xotiniga «Sen taloqsan», desa, taloq tushadi. Undan «Nima uchun, nima niyatda bu gapni aytding?» deb so‘rab o‘tirilmaydi.
Shuningdek, gapira olmaydigan odam ishora bilan taloq qilsa ham, talog‘i tushadi.
Xat yozish yo‘li bilan taloq qilsa ham, tushadi.
Birovni xabarchi qilib yuborib, o‘sha orqali taloq xabarini etkazsa ham, taloq tushadi.
Shuning uchun bu narsada juda ham ehtiyot bo‘lish kerak.
وَعَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «ثَلَاثٌ جِدُّهُنَّ جِدٌّ، وَهَزْلُهُنَّ جِدٌّ: النِّكَاحُ، وَالطَّلَاقُ، وَالرَّجْعَةُ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ.
Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uch narsaning jiddiysi ham jiddiy, hazili ham jiddiy: nikohning, taloqning va raj’atning», dedilar».
Abu Dovud,Termiziy va Hokim rivoyat qilishgan.
Oralarida nikoh to‘g‘ri bo‘ladigan shaxslar hazillashib aqdi nikoh qilsalar, nikoh sobit bo‘ladi. Xuddi shuningdek, hazillashib qilingan taloq ham tushadi. Xotinini bir yoki ikki raj’iy taloq qilib yurgan odam idda ichida «Seni o‘zimga qaytarib oldim», desa, raj’at – qaytish ham sobit bo‘ladi. Chunki bu hollarda o‘zi bilib turib, qasd qilib aytgan bo‘ladi.
Islom hayotga, xususan, oilaviy hayotga o‘ta jiddiyat bilan qaraydi. Er-xotin orasidagi nikoh aloqasini muqaddas aloqa sifatida ko‘radi. Muqaddas narsalarni hazil-huzulga aylantirish esa mutlaqo mumkin emas. Hazil qiladigan bo‘lsa, kelib-kelib eng muqaddas aloqalardan biri bilan hazillashadimi? Bir ayolning begona bir erkakka halol bo‘lishi oson narsa ekanmi?
Alloh taolo Baqara surasida taloq hukmini bayon qiluvchi oyatlardan birida: «Allohning oyatlarini ermak qilmang», degan (Baqara surasi, 231-oyat).
Bundan nikoh, taloq masalasi Alloh taoloning oyati ekanligi ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Islom dinida Alloh taoloning oyatlari hazil, o‘yin-kulgi holiga tushib qolishiga hech yo‘l qo‘yilmaydi.
Musulmon kishi hayotga jiddiy qarasin. O‘zining oilasini o‘zi o‘yinchoq qilib qo‘ymasin. O‘z xotini bilan bo‘lgan shar’iy munosabatlarini, ikki bir-biriga harom shaxsni halol qilgan nikoh aloqasini o‘yinchoq qilgan odam har qanday jazoga loyiq. Uning hazillashib aytgan so‘zi ila taloq tushishi ham joizdir. Lekin hazil qilmay, xato qilib, boshqa so‘zni aytmoqchi bo‘lib turib, tiliga bexosdan «taloq» so‘zi kelib qolsa, taloq tushmaydi.(“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam.
https://fiqh.uz/index.php/oilam-turmush/nikoh-taloq/667-talo-a-sabab-b-luvchi-s-zlar
https://fiqh.uz/index.php/oilam-turmush/nikoh-taloq/357-talo-a-ida
https://fiqh.uz/index.php/oilam-turmush/nikoh-taloq/252-ajol-talo-ini-s-rasa
28 Aprel 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 263 | Turli savollar