Hadisdagi bir jumla haqida
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Imom Buxoriy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «To‘rt narsa bor, kimda ular bo‘lsa, to‘liq munofiq bo‘ladi. Kimda ulardan bir hislat bo‘lsa, uni tashlaguncha, nifoqning hislatlaridan biri u kishida turadi. Omonatga xiyonat qiladi, yolg‘on gapiradi, ahd qilsa, aldaydi va tortishsa, fojirlik qiladi», deyilgan). Ustoz mana shu hadisdagi tortishsa fojirlik qiladi gapining ma’nosini hech tushunolmadim. Iltimos, ustoz shuni izohlab bersangiz. Allohim sizni o‘z panohida asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bir gapni yoki masalani boshqa odam bilan tortishib qolsa, yolg‘ondan, aldovdan, qasam ichishdan, boshqa shariat ruxsat bermagan narsalardan qaytmaydi, degani.
26 May 2022, 18:17 | Savol-javoblar | 146 | Hadislar