Masjiddan chiqishda

Assalomu alaykum! Masjiddan chiqquncha Bismillaxur roxmanur raxym deb chiqsam. Yonimdagi do‘stim. Masjiddan chiqquncha bunday deyilmaydi dedi. Shu gap rostmi? Ubu xadisda kelganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ أَوْ أَبِي أُسَيْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمُ الْمَسْجِدَ فَلْيُسَلِّمْ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثُمَّ لِيَقُلِ اللَّهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ، فَإِذَا خَرَجَ فَلْيَقُلِ اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Abu Humayd yoki Abu Usayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon birortangiz masjidga kirsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salom bersin. So‘ngra:
«Allohummaftah liy abvaaba rohmatik», desin.
Agar chiqadigan bo‘lsa, «Allohumma inniy as’aluka min fadlik», desin», dedilar».
Muslim, Abu Dovud va Nasaiylar rivoyat qilganlar.
Sharh: 1. Masjidga kiradigan odam Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga «Assalomu alayka yaa Rasulalloh», deb salom berishi kerak.
2. Shu bilan birga, masjidga kirayotib: «Allohummaftah liy abvaaba rohmatik» – «Allohim, menga rahmating eshiklarini ochgin» degan duoni o‘qish kerak.
3. Masjiddan chiqayotganda esa «Allohumma inniy as’aluka min fadlik» – «Allohim, men Sendan fazlingni so‘rayman» degan duoni o‘qish lozim.
Oldin bilmagan bo‘lsak, endi bilib oldik. Doimo ushbu duolarni  o‘qib yuraylik. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

11 May 2022, 09:32 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar