Duolar haqida

Asalomu alaykum shayx xazratlari bizga uxshagan diniy talimotlarni endi urganyotganlarga xolis xizmatlaringizni Allox ajrini bersin. Menda duolar xakida malumot olishni istar edim xozirgi kunda xususiy noshirlar tomonidan nashr etiladigan "Kimyoviy saodat", "Ganjum Arsh", "Kirk Kof", Ismi azam va Ismi Raxmon duolari va shunga uxshash duolar xakida malumot bersangiz va bu duolarni ukish mumkinmi. Bu duolarni ukib insonlarni davolashga dinimiz shariatida kanday karaladi.Kimyoviy saodat duosi xosiyatlari xakida nima deysiz bu duolarni ukishni maslaxat berasizmi javobingiz uchun raxmat Allox sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Duolar haqida quyidagi uch kitobni o‘qishni tavsiya qilinadi: «Hadis va Hayot»ning «Duolar, istig‘for va tavba kitobi», Zufar domla tarjima va tahlil qilgan «Ismi A’zam» kitobi va imom Navaviyning Anvar Muhammad Tursun tarjima qilgan «Azkor» kitobi.
20 Aprel 2022, 20:58 | Savol-javoblar | 116 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar