Gunohga tavba qilish va istig‘for aytish muddati

Assalomu alaykum! Savolim quyidagicha: Faraz qilaylik banda kichikroq gunoh ish qilib qo‘ydi. Unga tavba qilish va istig‘for aytish qancha vaqtgacha davom etishi lozim? Masalan 3, 4 kun davomida istig‘for aytib keyin Allohni marhamati oldida bu gunoh hech narsa emas deb, gunohni esidan chiqarib yuborish kerakmi? Yoki undan ham ko‘proq muddatgacha o‘sha gunohni qilib qo‘yganligini o‘ylab yurib doimo tavba qilib, istig‘for aytib yurish kerakmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Esga tushsa istig‘for aytish kerak. Astoydil tavba qilgandan keyin ezilaverish kerakmas. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 146 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar