Plastik jarroh kasb tanlovi

Assalomu alaykum! Tibbiyotta 2-kurs talabasiman. Septoplastika haqida so‘ramoqchi edim. Septoplastika-burunning suyak-tog‘ay qismida egrilikni bartaraf qilishga qaratilgan jarrohlik operatsiyasi. Operatsiyaning maqsadi burunning to‘g‘ri shaklini tiklash emas, balki burun nafas olishni yaxshilashdir. Ya’ni suyak yoki tog‘aylar tug‘ma yoki orttilingan shaklda nafas olishga to‘sqinlikni yuzaga keltirgan holda noto‘g‘ri joylashib qoladi. O‘sha egrilikni bartaraf etishga qaratilgan operatsiyalar. Shu joizmi? Ba’zi xolatlar bo‘lishi mumkin, masalan qiyshiq o‘sgan burunni yoki singan burunni odatiy xolga keltirish yoki tug‘ma burni yo‘g‘lar ham bo‘lishi mumkin ularni burnini tiklash(burun yasash) buning hukmi qanday bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda aybni ketkazish joiz. Bor chiroyni yanada ziyoda qilish joiz emas. Sizni aytishingizcha Septoplastika chiroyni emas nafas olishga yordam beruvchi muolaja ekan. Bu kabi holatlarda shunda amaliyolarni qilish joiz hisoblanadi. عَنْ عَرْفَجَةَ بْنِ أَسْعَدَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أُصِيبَ أَنْفِي يَوْمَ الْكُلاَبِ فِي الْجَاهِلِيَّةِ فَاتَّخَذْتُ أَنْفًا مِنْ وَرِقٍ فَأَنْتَنَ عَلَيَّ فَأَمَرَنِي رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ أَتَّخِذَ أَنْفًا مِنْ ذَهَبٍ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَصَاحِبَاهُ Arjafa ibn As’ad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Johiliyatda Kulob voqeasi kuni burnim yarador bo‘ldi. Shunda kumushdan burun qilib oluvdim, sasib ketdi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga tillodan burun qilib olishga amr qildilar».
Termiziy va uning ikki sohibi rivoyat qilganlar.
Sharh: «Kulob» bir joyning nomi bo‘lib, u erda bir necha bor urush bo‘lgan ekan. O‘sha urushlardan birida ushbu rivoyatning sohibi Arjafa ibn As’ad roziyallohu anhuning burniga dushman tarafning silohi tegib, kesilib ketgan ekan. Shunda u kishi o‘sha zamonning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘zlariga kumushdan burun yasatib olgan ekanlar. Lekin kumush yarali etga mos kelmay, jarohat o‘rni yiringlab, sasib ketibdi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Arjafa roziyallohu anhuga tillodan burun qilib olishni amr qilibdilar. Tillo sof va badanga zarar etkazmaydigan bo‘lganidan yaxshi o‘rnashib, Arjafa roziyallohu anhuning jonlari orom topibdi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar