Adamlarni "gap"lari va foiz

Assalomu alaykum! Adamlar arendaga moshina olganlar. Oyiga 200dollardan. Pensiya oladila 150dollarga yaqin. 50 dollar qo‘shsalar bo‘ldi. Arendani puli chiqadi. Orada moshiniyam ko‘p buziladi. Lekin shunga qaramasdan oyiga gap o‘ynilla kreditga gazbalon oganlar. Shu harajatlari sababidan gohida pul o‘sha gaplarga ketadi. Shuning uchun deyarli har oy lombarddan foizga pul oladilar. Necha marta aytdim ada foizga pul omeng gunoh desam, bilaman dilla lekin yana shu ahvol. Gaplarizzi yig‘ishtirib turin arendani to‘lab oguncha desam unga konmaydila. Man ham ishlagan pulimni adamlaga beraman. Oyligimni olib kelib bersam foiz pul to‘lilla yoki ko‘p ichib yuboradilar. Oyligini manga olib kelib ber deydila, olib kesam ko‘p ichadila, bermasam kamro ichadila. Oldin oyligimni olib kelib berardim lekin oxirgi payt olib kelib bergim kemayapti chunki ichganlari uchun. Orada arendaga ham beradila albatta. Savolim shuki oxirgi paytla pulini berasan devottili bermiy o‘zim uyimni remontiga ishlatsam bo‘ladimi? Chunki uylanishim kerak yoshim 25 da. Zino qilib qo‘yishdan qorqvomman. Oxirgi paytla juda qiynalvomman. Yana savolim shuki lombarddan qarz olsala to‘lab berishim kerakmi? Bir gal “ada bekordan bekorga foiz to‘lameng, gunoh bo‘masin” deb pul berdim. Ula malum miqdori to‘lab qolganini yana gapga berdila. Moshina buzilgandayam foizga pul oldila duolarini olay deb to‘lab berdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gunohga yordam bermang. Moshinadan qarzlarini to‘lashga yordam bering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar