Qur’onni to‘g‘ri o‘qish
Assalomu alaykum! Agar Qur’on o‘qiyotganda madli xarflarni bitta xarf qilib o‘qib qo‘ysa cho‘zmasdan yoki aksincha, buzilish bo‘ladimi? agar bu xolat namozda bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaysi kalimani o‘qilishiga bog‘liq. Ba’zi bir kalimalarda madsiz qilib o‘qish arab tili xususiyatlaridan bo‘lgan erkak kishi uchun ishlatiladigan so‘z ayol kishiga nisbati berilib qoladi. Masalan “Sharh” surasidagi وَوَضَعْنَا عَنكَ وِزْرَكَ الَّذِي أَنقَضَ ظَهْرَكَ 2. Va sening yukingni engillatmadikmi… 3. Elkangni bosib turganni? “وَضَعْنَا” so‘zi “engillatmadikmi”ni ifoda qiladi. Agar “وَضَعْنَ” bo‘lib oxiridagi alif cho‘zilmasa “Va sening yukingni ayollar engillatishmadimi”ga o‘zgaradi. Shu kabi xato namozda bo‘lsa namoz buziladi. Shuning uchun Qur’on o‘qishda o‘ta ehtiyotkor va oz bo‘lsada puxta, tajvidga muvofiq o‘qishga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 148 | Qur’oni karim