Hazrati Usmon
Assalomu alaykum! Ustozlar, Hazrati Usmon roziyallohu anhuni millati yahudiy bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom Abu Hanifa rohmatullohi alayhining davrlarida bir kishi Usmon roziyallohu anhuni yahudiy bo‘lgan, degan iddioda chiqqan ekan. Uning bu iddiosidan hech kim qaytara olmay, oxiri Abu Hanifaga murojaat qilishibdi. Shunda Imomi A’zam rohmatullohi alayhi, xaligi kishining oldiga borib, “Qizinga sovchilikka keldim” debdilar. U kuyov haqida ma’lumot so‘rabdi. Abu Hanifa rahmatullohi alayh “Kuyov qori, kechalari tahajjud namoz o‘qishni tark qilmaydi. Bundan tashqari badavlat hamdir, yana juda ham saxiy inson” deb tariflabdilar. U kishi “Bo‘pti qizimni unga berishga roziman” debdi. Abu Hanifa rahmatullohi alayh “Faqat bitta aybi borda” debdilar. U “Qanday” debdi. Abu Hanifa rahmatullohi alayh “Kuyov yahudiy” debdilar. Shunda xaligi kishi “Nimalar deyapsan, man qizimni xech qachon yahudiyga bermayman, yo‘qol” debdi. Shunda Abu Hanifa “Bitta qizingni yahudiyga berishga rozi bo‘lmading. Endi qanday qilib olamlar sarvari ikkita qizlarini yahudiyga berishga rozi bo‘ldilar ekan-a?!” debdilar. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 146 | Siyrat va tarix