Dori kompaniyasi haqida
Assalomu alaykum! Men Nobel farm dori vositalari ishlab chiqaruvchi kompaniyada tibbiy vakil bo‘lib ishlayman. Bizning vazifamiz vrachlarga dori vositalari haqida ma’lumot berish va afzalliklari haqida batafsil ma’lumot beramiz. Shuningdek bizni dori vositalaridan foydalanganliklari uchun tibbiyot muassasalariga xomiylik qilamiz yoki vrachlar uchun turli konferentsiyalar, prezentatsiyalar, promatsion materiallar(sochiq, bloknot, ruchka, salfetka, dazmol, tibbiyot buyumlari va shunga o‘xshash narsalar beramiz) va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar tashkil etamiz. Shu qilayotgan ishimiz noto‘g‘ri emasmi? Chunki ko‘plab vrachlarga shu narsalarni qilmasak bo‘lmayapdi. Javob uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar shifokorlar sizlarni beradigan imtiyoz yoki sovg‘alaringizni olish maqsadida bemorlarga kerak bo‘lmagan dorilarni yozib berishsa yoki undan boshqa arzon va samarali analoglari bo‘la turib, siznikini yozib bersa, bu halol bo‘lmaydi. Agar boshqalarga nisbatan sizlarda ham foydali, ham arzon bo‘lgani uchun bemorlarga dorilaringizni tavsiya qilsa, joiz. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 19:44 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat