“Gap” uyini haqida batafsil

“Gap" uyini to‘g‘risidagi javoblaringizni o‘qib fahmim etmagan joylarini qayta so‘ramoqchi edim ... Biz do‘stlar bilan shu o‘yinni o‘ynar edik, oxirgi ziyofatda pul yig‘sa bo‘lmasligini aytib, bu o‘yinni o‘ynamadik. So‘ramoqchi bo‘lganim, agar qarz niyat qilmasdan, ishtirokchilardan birining (Alloh asrasin) tashvishida qaytarmasligiga rozi bo‘lib, o‘zimizning so‘mda, yoki chet el valyutasida o‘ynasak bo‘ladimi? Qayta qayta so‘rayotganim uchun uzr, yaxshilab bilib olmoqchi edim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qarz bo‘lmasa, bo‘ladi.

26 May 2022, 18:47 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar