Xizmat haqi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir savdogar menga yukini Rossiyaga sifatli eltib berishim uchun ma’lum haq berishini aytdi. Yuk manzilga sifatli etib bordi, biroq bozori yurishmay kasodga uchradi. Hattoki xizmat xaqi tugul yukni puliniyam berolmadi. Savolim shundan iborat, shunday shartnoma joyizmi? 2). Savdogardan yuk pulini (xizmatimga roziman)talab qilishga xaqlimanmi? Alloh rozi bo‘lsin. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shartnoma joiz. O‘sha savdogar aytganidek yuk bo‘lsa va xizmatni shartnomada kelishilganidek qilib etkazib bergan bo‘lsangiz haqlaringizni olishingiz kerak. Shariat harom qilmagan mol bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar