Xaromni bolamga edirsa

Assalomu alaykum! Bilamiz cho‘chqa go‘shtini xarom. Men cho‘chqa go‘shti bor mahsulotlarni istemol qilmayman. Lekin qaynonam cho‘chqasi bor kalbasa sosiskalarini opkiradilar. Ularga 1-2 marotaba mumkinmas opkirmang deb tushuntirdim lekin parvo xam qilmay yana opkiryaptilar. Marmelad xam opkiraveradilar. Men emasam ham o‘g‘lim eydi. Nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolangizga edirmaslikka harakat qiling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:15 | Savol-javoblar | 127 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar