Ota ona intim hayoti

Assalomu alaykum! Bu savolni so‘rash men uchun ancha qiyin bo‘ldi. Oilamizda 5 kishi. Men, ota-onam va 2 ta singlim. Men ota-onam intim hayotidan xabardorman. Ularni ataylab poylamayman, lekin intim ovozlar aniq eshitilib turadi. Hammamiz hovlida yotamiz. Men bu narsalarni eshitib uyga kirib ketdim. Lekin baribir ovozlar eshitiladi. Yoshim 22 da, katta singlim 20, kichik singlim 14 yoshda. Kichik singlim bularni bilmasa ham, katta singlim aniq biladi. Chunki biz yosh bola emasmiz. Bu holat yoshligimda ham ko‘p bo‘lgan. Hatto 9-sinf ekanligimda ham ota-onam biz yotgan xonada qo‘shilishardi. Buni ota- onamga aytmoqchi bo‘ldim. Lekin hammaga qilgan muomalani ota-onamga qila olmayman. Meni tushuning bu holat menga yomon ta’sir qilyapti. Eng hurmat qilgan insonlaringni shunday vaziyatda ko‘rsang. 1. Bu vaziyatda nima qilishim kerak 2. Bu savolni so‘rab gunohkor bo‘lmaymanmi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizni bilmaganga solishdan boshqa chorangiz yo‘q. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 15:06 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar