Taklif degan savolga, fikr bildirish

Allohdan umringizni uzoq qilishini so‘rayman,O‘zi xar doim duolaringizni qabul qilishini tilab qolaman. Onlayn ilm olishga fikr bildirmoqchiman. Buyuk ibodat hisoblangan besh vaqt namoznining farzi, vojibi, sunnati haqida ilm berib borishligini birinchi o‘ringa qo‘yish kerak, deb o‘ylayman. Ibodatlarni mukammal bo‘lishligi, har bir inson uchun o‘sha ibodatlarni farzi, vojibi, sunnatini o‘z vaqtida bajarishligi bilan bo‘ladi, deb uylayman. Duo qilib quying, yanagi yil haj ibodatini qilishlikni Alloh nasib qilsin, niyat qilib turibman. Sizga va barcha islom.o‘z xodimlarini Allohning O‘zi asrasin, doim sog‘-omon bo‘lingizlar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shuning uchun "Mo‘minning me’roji - Mufassal namoz kitobi" chiqarildi. Alloh taolo barchaga haj qilishni nasib etsin!

26 May 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar