ihtilof bo‘lmoqda

Assalomu alaykum ustoz mening savolim quydagicha,ro‘zada taroveh namozini 4 rakat o‘qiganimizdan keyin o‘tirib "subhana zul mulku"oqiladi shunda LA ILAHA ILLALLOH deyilganda jamoat hamma bu kalimani qaytaradi.Mening uztozim shunday o‘rgatgan endi mahallaga imom bo‘lib kelganimdan beri bir inson buni hamma aytmaydi deb aytkizmay qo‘ydi men yosh imom bo‘lganligim uchun unga tasir ko‘rsata olmayabman jamoat qo‘y u inson bilan tortishma deyishyapdi,LA ILAHA ILLALLOH deyishning nimasi yomon lekin ilmiy dalil hujjatim ham yo‘q ustoz shu borada yordam berishingizni so‘rayman.Oldindan rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ilmiy dalil va hujjat talab qiladigan narsa emas. Siz aytgan tasbihni o‘qish odamlar chiqargan odat. Uni qay shaklda aytsa ham bo‘laveradi. Aytmay qo‘ysa ham hechiqisi yo‘q.

6 May 2022, 19:10 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar