O‘gay ota oldida ro‘molda bo‘lish

Assalomu alaykum! Men o‘gay otam onam va ukam bilan yashayman. Savolim shundan iboratki: O‘gay otam menga o‘z otamdek bo‘lib qolganlar. Lekin islomda bu insonni oldida avratimni yopib, yani boshimga ro‘mol o‘rab yurishim shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘gay otangiz, sizning onangizni nikohiga olib er-xotin aloqalarini qilgan bo‘lsa, sizga mahram bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:57 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar