Juma namozini ishxonada o‘qish

Men xorijda xizmat safaridaman. Ish tufayli juma namoziga har juma borolmaymiz. O‘tgan juma namozxon birodarlar yig‘ilishib ish joyimizda o‘qishibdi. Ish joyida o‘qisak, juma shartlariga to‘g‘ri keladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hanafiy mazhabi shartlariga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo doimo borish imkoni bo‘lmasa, biryo‘la juma o‘qimay qo‘ygandan, sizlarga o‘xshab ish joyida o‘qisa ham bo‘ladi.

26 May 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar