Tilni xiyonat qiladigan kuni
Assalomu alaykum! O‘lim sakaroti etkanda til xiyonat qildigan kun ekan. Shunga tilni xiyonat qilmaslik uchun o‘lishdan oldin kalimani aytish uchun nima qilish kerak? Nasixat qiling.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ko‘proq “Robbig‘fir varham va anta xoyrurrohimiin”ni o‘qing. Alloh iymon nasib qilishi, namozni nasib qilishi bu sizga jannatni beraman deganining alomatidir. Ayni sizni yoshingizda namoz o‘qish, haromlardan tiyilish arshning soyasida soyalanishga sabab bo‘ladigan ishlardandir. Shayton bunga tek turaoladimi. Alam qilganidan, achishganidan rosa vasvasa qiladida. Siz tinmay “Laa ilaaha illalloh”ni aytavering. Muso alayhissalom Alloh taologa duo qilib “Menga xos bir Seni zikr qiladigan vazifani bergin” deb so‘raganlar. Alloh taolo ko‘p “Laa ilaaha illalloh”ni aytishga buyurgan. Shunda u zot “Buni omma ham aytadi, menga xos bir vazifani bergin” deganlarida Alloh taolo “Etti qavat osmon va etti qavat erni tarozining bir pallasiga qo‘ysa “Laa ilaaha illalloh”ni bir pallasiga qo‘ysa “Laa ilaaha illalloh” og‘ir keladi” degan. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 188 | Ibodatlar