Qanday qilib qo‘rquvumdan qutilsam bo‘ladi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Birortadan eshitsam yoki kitoblardan “shu gaplarni mana shunday desa dindan chiqadi, mana buni inkor qilsa kofir bo‘ladi” degan gaplarni biror bir kitobdan o‘qisam yoki biror bir odamdan eshitsam, mana shu ahvolga tushib qolaman. Shu gaplar miyamni egallab oladi, birini unutsam yangisi keladi. Shu zaif tomonimdan shayton juda unumli foydalanadi, fikrimga namoz vaqti olib kelaveradi. To‘g‘ri, vasvasa iymondan darak beradi, Ustoz, lekin men juda qo‘rqoq bo‘lib qoldim, qo‘rqoqligim tobora oshib ketyapti. Jon topshirayotgan paytimda shunga o‘xshagan fikrlar kelib, iymonsiz ketib qolmasmikinman, deb juda qattiq qo‘rqaman. Hazrat maslahat bersangiz, qanday qilib qo‘rquvumni daf qilsam bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Aqiydaga oid kitoblarni yaxshilab o‘qish orqali mazkur holatdan chiqasiz. Mo‘min bandaning kofir bo‘lib qolishi oson emas. Mana shunday desa dindan chiqadi, mana buni inkor qilsa kofir bo‘ladi, kabi gaplar o‘sha gaplarni bilib turib aytib, tushuntirilgandan keyin ham mazkur kufr gapda turib olsa, degan shart bilan aytilgan. Misol uchun birov kurf gapni aytdi. Uning haqida darhol, kofir bo‘ldi, degan hukm chiqarilmaydi. Unga bu gap kufrga olib borishi tushuntiriladi. Tavba qildim, bilmagan ekanman, desa, hech narsa bo‘lmaydi. Ammo tushuntirilgandan keyin ham mazkur kufr gapda turib olsa, qamab qo‘yiladi. Ma’lum muddat so‘roq qilinadi. Undan keyin ham gapida turib olsa, keyin hukm chiqariladi. Shuning uchun inson diniy ma’rifatini ziyoda qilishda bardavom bo‘lmog‘i kerak. Ehtiyot bo‘lish shart.
26 May 2022, 18:59 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar